Ijodkorni bir piyola choy bilan qo'llab-quvvatlang
BuymeChoy — O'zbekistondagi ijodkorlar uchun donat xizmati. Sahifa oching, havolani ulashing va minnatdorchilikni so'mda qabul qiling.
Sahifamni yaratish · Ro'yxatdan o'tish bepul. Platforma komissiyasi — 5%.
Qanday ishlaydi
- Sahifa oching. Ro'yxatdan o'ting va foydalanuvchi nomini tanlang. Havolangiz: buymechoy.uz/aziz
- Havolani joylang. Havolani Telegram kanal, bio yoki loyihangizning README fayliga qo'ying.
- Qo'llab-quvvatlash oling. Pul kabinetingizda ko'rinadi. Kerak bo'lganda yechish so'rovini yuborasiz.
Shartlar
| Platforma komissiyasi | 5% (har bir donatdan) |
|---|---|
| Eng kam donat | 1 000 so'm |
| Eng ko'p donat | 5 000 000 so'm |
| Eng kam yechish summasi | 50 000 so'm |
| Valyuta | O'zbekiston so'mi |
| Ro'yxatdan o'tish | Bepul |
Loyihangiz README fayliga qo'shing
Tayyor tugmani nusxalab, ochiq kodli loyihangiz sahifasiga joylang. Tugma sizning BuymeChoy sahifangizga olib boradi.
[](https://buymechoy.uz/username)
Ko'p so'raladigan savollar
- BuymeChoy nima?
- BuymeChoy — O'zbekistondagi ijodkorlar, dasturchilar va o'qituvchilar uchun mahalliy donat xizmati. Ijodkor o'z sahifasini ochadi, muxlislar unga so'mda «bir piyola choy» sovg'a qiladi.
- Kimlar foydalanishi mumkin?
- Ochiq kodli loyiha mualliflari, bloggerlar, o'qituvchilar, musiqachilar va boshqa kontent mualliflari. Ro'yxatdan o'tish uchun email va foydalanuvchi nomi yetarli.
- Komissiya qancha?
- Platforma har bir donatdan 5% komissiya oladi. Ro'yxatdan o'tish va sahifa yuritish bepul.
- Bitta donat summasi qancha bo'lishi mumkin?
- Bitta donat 1 000 so'mdan 5 000 000 so'mgacha bo'lishi mumkin.
- Pulni qanday yechib olaman?
- Kabinetda yechish so'rovini yuborasiz (eng kami 50 000 so'm) va pul qayerga yuborilishini ko'rsatasiz. So'rovlar ko'rib chiqiladi va holati kabinetda ko'rinib turadi.
- Havolani README fayliga qanday qo'shaman?
- Bosh sahifadagi tayyor tugma kodini nusxalab, loyihangizning README.md fayliga joylang. Tugma sizning BuymeChoy sahifangizga olib boradi.
- Sayt qaysi tillarda ishlaydi?
- Sayt o'zbek va rus tillarida ishlaydi.